Barcha yangiliklar
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
Gallery image 80023
Gallery image 80024
Gallery image 80025
Gallery image 80026
Gallery image 80027
SODIQJONOV DAVRONBEK MUXSINJON O‘G‘LI
19 Yan 2026
13:48

Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil

Andijon pedagogika texnikumida dual taʼlim tizimi maktabgacha taʼlim yo‘nalishi bitiruvchi o‘quvchisi Pirzodaxon Mamarasulova Andijon shahrida "Chaqqon bolajon"  nomli maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.  Quvonarlisi, o‘zi bilan birga o‘qib, ish qidirayotgan 4 nafar dugonalarini  mehnat bandligini taʼminladi.

shahar Kengashi deputati va Pedagogika Texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tadbirkorlik  faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi bitiruvchi o‘quvchilarni  ekskursiya tarzida mazkur manzilga olib bordi. Hamda ularga "Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil maʼlumot va tushunchalar berdi.

O‘quvchilar bolajonlar bilan bevosita muloqotga kirishib, qiziqarli tezkor o‘yinlarni tashkil etishdi. Tarbiyalanuvchilar juda faol va bu faollik sabab yangi mashg‘ulotlar ular tomonidan yaxshi o‘zlashtirildi.