Barcha yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi yuzasidan
Gallery image 79931
Gallery image 79932
Gallery image 79933
Gallery image 79934
Gallery image 79935
ACHILOVA SAODAT MUXAMEDJANOVNA
26 Yan 2026
10:31

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi yuzasidan

 Yangibozor tumanidagi “Pahlavon Mahmud” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan
Murojaatnomasi yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq
deputatlari tuman Kengashi deputati I.Ortiqov, tuman hokimi o‘rinbosari A.Kaimov, viloyat ishchi guruhi a’zolari, tumandagi mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida Prezidentimiz Murojaatnomasida ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim, madaniyat, ma’naviyat, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari Murojaatnomada bayon etilgan g‘oya va tashabbuslar xalqimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, ularni amaliyotga tatbiq etish borasida faol bo‘lish zarurligini qayd etdilar.