Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING QO'SHMA  MAJLISI O‘TKAZILDI.
Gallery image 79687
Gallery image 79688
Gallery image 79689
Gallery image 79690
Gallery image 79691
Gallery image 79692
Gallery image 79693
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
20 Yan 2026
22:06

CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING QO'SHMA MAJLISI O‘TKAZILDI.

Joriy yilning 20-yanvar kuni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Chinoz tuman Xalq qabulxonasi, tuman prokurori, Chinoz tumani Ichki ishlar bo‘limi, hokim o‘rinbosarlari, doimiy komissiya raislari hamda tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlarining axborot va hisobotlari eshitildi.

Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar S.Axmedova, F.Ibragimov, M.Mirsodiqov, O.Dadajonov, D.Teshabayev, A.Baxramov, N.Abdukadirovalar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Qo‘shma majlis yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli hujjatlar qabul qilindi.

Surayyo Axmedova

Doimiy komissiya raisi