Barcha yangiliklar
Yangikent mahallasida inklyuziv ta’lim oluvchilar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar
Gallery image 79665
Gallery image 79666
Gallery image 79663
Gallery image 79664
Gallery image 79667
Gallery image 79668
Gallery image 79669
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
24 Yan 2026
11:53

Yangikent mahallasida inklyuziv ta’lim oluvchilar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar

Zarbdor tuman hokimi B.Tashpulatov, tuman IIB boshlig‘i E.Axmedov hamda 14-Yangikent okrugidan saylangan deputat F.Sarimsoqovlar "Yangikent" mahallasida joylashgan 18-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, bu yerda inklyuziv ta’lim oluvchilar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur ta’lim maskanida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va YUNISEF hamkorligida amalga oshirilayotgan “Ishonch” jamg‘armasi loyihasi doirasida zamonaviy jihozlash hamda alohida ehtiyojga ega o‘quvchilar uchun moslashtirilgan infratuzilma barpo etilmoqda.

Maxsus sinf xonalari, reabilitatsiya maydonchalari, o‘quv-uslubiy jihozlar va inklyuziv muhitni qo‘llab-quvvatlovchi sharoitlar bilan tanishib, ishlarning sifati bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdilar.

Ushbu loyiha ta’limda tenglikni ta’minlash, barcha bolalar uchun qulay va zamonaviy o‘quv muhitini yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.