Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Nargiza Allayorova qish mavsumida Ilm mahallasidagi maktab va bog‘chalarda isitish tizimlari holatini o‘rgandi.
Gallery image 79637
Gallery image 79638
Gallery image 79639
Gallery image 79640
Gallery image 79641
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
24 Yan 2026
10:16

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Nargiza Allayorova qish mavsumida Ilm mahallasidagi maktab va bog‘chalarda isitish tizimlari holatini o‘rgandi.

Qish kunlarida ta’lim muassasalarida bolalar uchun iliq va barqaror sharoit yaratish maqsadida deputat joylarga chiqib, ijtimoiy ob’yektlardagi isitish tizimlarining ishlash jarayoni bilan tanishdi. Tashrif davomida sinf va guruh xonalari harorati, qozonxonalar faoliyati, issiqlik ta’minoti uzluksizligi hamda yonilg‘i zaxirasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, qish mavsumini betalafot o‘tkazish, avariyaviy holatlarning oldini olish va tizimli nazoratni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Yosh avlod salomatligi va ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratish — doimiy e’tibor va deputat nazoratida.