Barcha yangiliklar
Nodavlat oilaviy bog‘chalar – deputat nazoratida
Gallery image 79632
Gallery image 79633
Gallery image 79634
Gallery image 79635
Gallery image 79636
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
24 Yan 2026
10:12

Nodavlat oilaviy bog‘chalar – deputat nazoratida

Tumanimizda aholi farzandlariga sifatli va zamonaviy ta’lim-tarbiya berish maqsadida tashkil etilgan nodavlat oilaviy bog‘chalar faoliyati deputat nazoratida muntazam o‘rganib borilmoqda.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Sadikova Barchinoy tomonidan bog‘chalardagi isitish tizimi, shart-sharoitlar, bolalar uchun yaratilgan xavfsizlik muhiti, ta’lim dasturlarining amaliyotdagi ijrosi, ovqatlanish sifatining talablarga muvofiqligi hamda tarbiyachilarning malakasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar mas’ullarga yetkazilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, bolalarning sog‘lom va ma’naviy yetuk bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur sharoitlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham ilgari surildi.

Deputat nazorati bunday muassasalarda xizmat sifati oshishi, ota-onalar ishonchi mustahkamlanishi va eng muhimi, yosh avlodning munosib tarbiya olishiga xizmat qiladi.