Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 79597
Gallery image 79598
Gallery image 79599
Gallery image 79600
Gallery image 79601
Gallery image 79602
Gallery image 79603
Gallery image 79604
Gallery image 79605
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
23 Yan 2026
18:18

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Zarbdor tumanida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman hokimligi mas’ullari, tegishli tashkilotlar rahbarlari va deputatlar ishtirok etdilar.
Sessiya davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish, norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti, tuman byudjetining 2025-yil 12 oylik ijrosi, jamoatchilik fikri asosida moliyalashtirilgan tadbirlar hisobotlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha Prezident Farmoni ijrosi, 2025-yil vegetatsiya davri uchun sug‘orish suv limitlarini qayta ko‘rib chiqish, tuman tibbiyot birlashmasining faoliyati hamda 2026-yil uchun rejalari muhokama etildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.