Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 79578
Gallery image 79579
Gallery image 79580
Gallery image 79581
Gallery image 79582
Gallery image 79583
Gallery image 79584
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
23 Yan 2026
16:57

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputatlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi tashkil etildi.

Muhokama jarayonida Strategiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, xususan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi turmush darajasini yaxshilash, mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, bandlikni ta’minlash hamda davlat boshqaruvida ochiqlik va samaradorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan Strategiyani takomillashtirish doirasida joylardagi muammolarni inobatga olgan holda aniq taklif va tashabbuslar bildirildi. Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarning hududlarda izchil va samarali ijrosini ta’minlashda deputatlik nazoratining muhim o‘rni ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida ilgari surilgan taklif va tavsiyalarni umumlashtirish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli qarorlar belgilab olindi.