Barcha yangiliklar
📌 MEHNAT YARMARKASI — AMALIY MULOQOT MAYDONI
Gallery image 79565
Gallery image 79566
Gallery image 79567
Gallery image 79568
Gallery image 79569
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
21 Yan 2026
15:30

📌 MEHNAT YARMARKASI — AMALIY MULOQOT MAYDONI

Bugun Ishtixon tumani G‘afur G‘ulom MFYda joylashgan “ISHTIHAN YIMIN IMPORT EXPORT GROUP” MChJ korxonasida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M.Umirova ishtirok etdi.

Deputat mehnat yarmarkasi jarayoni bilan yaqindan tanishib, ish qidirayotgan fuqarolar bilan suhbatlashdi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish tartibi hamda bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha berilayotgan imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, yarmarka doirasida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar o‘rganilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur mehnat yarmarkasi aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish hamda fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlashga qaratilgan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.