Barcha yangiliklar
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va farovonlik yo‘lidagi muhim dastur
Gallery image 79533
Gallery image 79534
Gallery image 79535
Gallery image 79536
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
15 Yan 2026
15:21

Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va farovonlik yo‘lidagi muhim dastur

Ishtixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va butun O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Ishtixon tumani “Qayirma” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 70-umumta’lim maktabida tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Z.Naxalov hamda deputatlar M.Raximov va N.Kiyamov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim tizimini rivojlantirish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, Murojaatnomada ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy ahamiyati, ularni joylarda samarali amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.