Barcha yangiliklar
Jaholatga qarshi ma’rifat
Gallery image 79510
Gallery image 79511
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
23 Yan 2026
12:53

Jaholatga qarshi ma’rifat

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati G.Sharipova tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 8-umumta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida hamkorlikda davra suhbati o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun”ning maqsadi, “Jaholatga qarshi ma’rifat” ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligi, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish yo‘lida dunyoviy bilimlar uyg‘unligini rivojlantirish asosida ta’lim sifatini oshirish borasida ma’lumot berildi.