Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun o‘quv seminarlari davom etmoqda
Gallery image 79459
Gallery image 79460
Gallery image 79461
Gallery image 79462
Gallery image 79463
Gallery image 79464
Gallery image 79465
Gallery image 79466
ORIFBAYEV ORIFJON ODILJON O‘G‘LI
23 Yan 2026
10:27

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun o‘quv seminarlari davom etmoqda

 Senatda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun o‘quv seminarlari davom etmoqda. (https://senat.uz/events/post-4600)

Hokimiyatlar bo‘linishi tamoyilini mahalliy darajada ta’minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joylardagi ijro organlari va xalq vakillariga yetkazish muhim masala hisoblanadi.

Bu borada seminarlarda tuman (shahar) Kengashi raisi maqomi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal qilishda Kengashlarning o‘rni haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Aholi muammolarini birgalikda hal qilish hamda rahbarlarning boshqaruv madaniyatini yuksaltirish kabi masalalar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari rahbarlarining diqqat markazida bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.