Barcha yangiliklar
O'quvchi tuman hokimi bilan inglizcha muloqot qildi
Gallery image 79297
Gallery image 79298
Gallery image 79299
Gallery image 79300
Gallery image 79301
Gallery image 79302
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
22 Yan 2026
16:01

O'quvchi tuman hokimi bilan inglizcha muloqot qildi

Tuman hokimi Otabek Mavlyanov 69-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanishib, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning fanlarni o‘zlashtirish darajasi hamda davomat holati bilan qiziqdi. Tuman rahbariga Xalq deputatlari Kengashi raisi A. Turdiyev va Kotibiyati mudiri M.Xujanovlar hamrohlik qilishdi.

O'rganish davomida o‘quvchilar bilan bevosita suhbatlashilgan bo‘lib, ayniqsa tuman hokimi bilan ingliz tilida erkin muloqot qilgan o‘quvchi Achildiyev Boburjon alohida e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, maktab ma’muriyatiga o‘quvchilar davomati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, qish-kuz mavsumini sifatli va muammosiz o‘tkazish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati