Barcha yangiliklar
“Vatanparvar oyligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv
Gallery image 79236
Gallery image 79237
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
22 Yan 2026
11:43

“Vatanparvar oyligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

Pastdarg‘om tumanida joylashgan 82-maktab — “Jasorat maktabi”da “Vatanparvar oyligi” munosabati bilan mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda 75061-harbiy qismdan

1-darajali serjant B.Jumayev,

3-darajali serjant S.Mirzayev,

2-darajali serjant E.To‘ychiyev,

3-darajali serjant M.Mamajalilov,

kichik serjantlarF.Radjabov va U.Sultonov, shuningdek, Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M. Pardayev ishtirok etdilar.

Uchrashuv 9–10–11-sinf o‘quvchilari hamda “Jasorat” sinflari bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, yoshlarda Vatanga sadoqat, harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi.

Deputat M. Pardayev o‘z nutqida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni faol, bilimli va yurtiga sadoqatli fuqaro etib voyaga yetkazishda uchrashuvlarning ahamiyati katta ekanini ta’kidladi. Harbiylar hayot tajribasi bilan o‘rtoqlashib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.