Barcha yangiliklar







SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
22 Yan 2026
11:37
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Muattar Mirzajonova "Bunyodkor" mahallasida yangi tashkil etilgan tikuvchilik xonasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mazkur maskanda faoliyat yuritayotgan ayollar bilan suhbatlashilib, ularning mehnat sharoitlari va bandlik masalalari bilan tanishildi.
Ta’kidlash joizki, tikuvchilik xonasida mahalla ayollari o‘z qo‘l mehnati bilan shug‘ullanib, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda hamda oilaviy daromadiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Deputat bunday tashabbuslar ayollar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va oilalar farovonligini mustahkamlashga xizmat qilishini alohida e’tirof etdi.