Barcha yangiliklar
TARGʻIBOT UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA
Gallery image 79212
Gallery image 79213
Gallery image 79214
Gallery image 79215
Gallery image 79216
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
22 Yan 2026
09:54

TARGʻIBOT UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA

TARGʻIBOT UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ma’rifiy uchrashuv tumandagi Bo‘ston va So‘fiyon mahallalari aholisi ishtirokida ham o‘tkazildi.

Uchrashuvda tuman targ‘ibot guruhi a’zolari Xalq deputatlari Qiziltepa tuman kengashi raisi U.Bobojonov, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari N.Kenjayev va hamkor tashkilotlar vakillari so‘zga chiqib bugungi global tahdidlar, tashqi xavflar va mafkuraviy xurujlar kuchaygan sharoitda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi hamda bunyodkorlik ishlarini bir qancha hayotiy misollar hamda targ‘ibot vositalari orqali tushuntirishdi.

Tadbir davomida aholi vakillarining ham bu boradagi fikrlari tinglanib, jarayonlarda faol ishtirok etishga chaqirildi.