Barcha yangiliklar
MILLIY ARMIYA – ONA YURT QALQONI TINCHLIGIMIZ POSBONI!
Gallery image 79076
Gallery image 79077
Gallery image 79078
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
14 Yan 2026
00:00

MILLIY ARMIYA – ONA YURT QALQONI TINCHLIGIMIZ POSBONI!

MILLIY ARMIYA – ONA YURT QALQONI TINCHLIGIMIZ POSBONI!

 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni Sariosiyo tumanida ham katta ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.

Xususan, Sariosiyo tumandagi harbiy qisim saf maydonida Sariosiyo tuman hokimligi hamda harbiy qism va jamoatchilik vakillari jam bo‘lishdi. Bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda xalq deputatlari tuman Kengash deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov so‘zga chiqib barchani bayram bilan muborakbod etib, esdalik sovg'alari topshirildi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari o‘tgan tarixan qisqa davrda murakkab shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi va bugungi kunda son jihatdan ixcham, harakatchan, zamonaviy talablarga javob beradigan, yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan armiya sifatida o‘zini namoyon etmoqda.