Barcha yangiliklar
Deputat va yoshlar uchrashuvi
Gallery image 79070
Gallery image 79071
Gallery image 79072
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
13 Yan 2026
00:00

Deputat va yoshlar uchrashuvi

Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati S.Kasimov tomonidan “Shohjahon” mahallasidagi 22-sonli umumta'lim makatbida yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning amaliy ahamiyati, yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ularning faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.