Barcha yangiliklar
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
Gallery image 79033
Gallery image 79034
Gallery image 79035
Gallery image 79036
Gallery image 79037
Gallery image 79038
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
21 Yan 2026
15:00

Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Bugungi kunda joylarda aholi muammolarini samarali hal etishda deputat va mahalla yettiligi o‘rtasidagi uzviy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 2-Yoshlik saylov okrugidan saylangan deputat Abduvoxidov Shuxrat Abduxamidovich tomonidan tumanimizdagi “Yoshlik” va “Qo‘rg‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘inlarida deputat va mahalla yettiligi hamkorligida uchrashuv tashkil etildi. Mahallalarda o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida aholi tomonidan bandlik, ijtimoiy himoya, ichki yo‘llar holati, ichimlik suvi hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Tadbir davomida mahalla yettiligi a’zolarining o`z yo`nalishlaridagi faoliyati bilan tanishildi. Xususan yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida “Yoshlik” mahallasida uyushmagan yoshlar bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yilib, ularning kasb-hunarga yo‘naltirish ta’minlanyotganligi aytib o`tildi. Shuningdek “Qo‘rg‘ontepa” mahallasida xotin-qizlar bandligini oshirish, oilaviy muammolarni bartaraf etish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tegishli mutasaddi raxbarlar va deputatlar hamkorligida keng jamoatchlikni jalb qilgan xolda muhokama o`tkazib tushuntirish ishlari olib borilishiga kelishildi.