Barcha yangiliklar
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
Gallery image 78954
Gallery image 78955
Gallery image 78956
Gallery image 78957
Gallery image 78958
Gallery image 78959
Gallery image 78960
Gallery image 78961
Gallery image 78962
Gallery image 78963
QO‘CHQOROVA NORDONA TUYMUROD QIZI
21 Yan 2026
12:04

Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi

Shofirkon tumanida Xalq deputatlari Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 2025-yilda tuman miqyosida yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan axborot berildi. Axborotda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga keng jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar keltirildi.

Xususan, “Yoshlar balansi” asosida og‘ir toifadagi yoshlar bilan tizimli ishlar olib borilgani, ularni ish bilan ta’minlash, imtiyozli kreditlar ajratish, kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali bandligini oshirishga erishilgani qayd etildi. Shuningdek, Prezident qarorlari asosida “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish ishlari amalga oshirilgani ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan fikr va taklifлар инобатга олиниб, yoshlar bandligini yanada oshirish, ayniqsa og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida mazkur masala bo‘yicha axborotni inobatga olish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.