Barcha yangiliklar
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 78938
Gallery image 78939
Gallery image 78940
Gallery image 78941
Gallery image 78942
Gallery image 78943
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
20 Yan 2026
19:43

Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.

 Farg‘ona tumanida deputatlik
nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
 

  

O‘zLiDeP Farg‘ona tuman Kengashi
deputatlari Ilhomjon Abduraxmonov va Dilshod Karimovlar Farg‘ona tumani hududida
joylashgan Kichik sanoat zonasi hamda Yoshlar sanoat va tadbirkorlikka ixtisoslashgan
“Mindonobod” kichik sanoat zonalarida bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati
bilan yaqindan tanishdilar.
 

O‘rganish jarayonida ishlab chiqarish
quvvatlari, yaratilgan ish o‘rinlari, mavjud infratuzilma hamda tadbirkorlar uchun
yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi. Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan
muloqotlar davomida ular tomonidan mavjud muammolar, rivojlanishdagi to‘siqlar yuzasidan
taklif va mulohazalar bildirildi.
 

Bildirilgan masalalarni hal etish,
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda kichik sanoat zonalari faoliyati
samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.