Barcha yangiliklar





TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
21 Yan 2026
10:51
Murojaatnoma targ‘iboti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini aholi o‘rtasida targ‘ib etishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri Lolazor MFYda ham bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Xoliqulova tomonidan Murojaatnomada belgilab berilgan asosiy ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar haqida fuqarolarga qisqacha va tushunarli ma’lumotlar yetkazildi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, bunday tadbirlar aholining islohotlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda hamda jamoatchilik faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.