Barcha yangiliklar
Мurojaat_targ‘ibot
Gallery image 78916
Gallery image 78917
Gallery image 78918
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
21 Yan 2026
10:42

Мurojaat_targ‘ibot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga hamda o‘zbek xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari tuman Pastdarg‘om tuman Kengash deputati A.Abdumurodov tomonidan hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oyalar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlari, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar tushuntirilmoqda.

Uchrashuv davomida ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya hamda mahalliy boshqaruvni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatildi. 

Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ularni hayotga tatbiq etish yo‘lida joylarda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari izchil davom ettiriladi.