Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining majlisida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida davlat boshqaruvi tizimida belgilangan vazifalar muhokama qilindi
Gallery image 78827
Gallery image 78828
Gallery image 78829
Gallery image 78830
Gallery image 78831
Gallery image 78832
Gallery image 78833
ZOIROV BAHRIDDIN TO‘RABEK O‘G‘LI
20 Yan 2026
18:30

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining majlisida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida davlat boshqaruvi tizimida belgilangan vazifalar muhokama qilindi

Unda viloyatdan saylangan senatorlar, ekspertlar, xalq deputatlari viloyat hamda Termiz shahar Kengashlari deputatlari, tashkilot va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda Strategiyaning davlat boshqaruvi tizimida erishish ko‘zda tutilgan vazifalar muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishga, davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, “Mamlakatning 2030 yilgacha mo‘ljallangan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikga yetkazish maqsadida xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.