Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati
Gallery image 78765
Gallery image 78766
Gallery image 78767
Gallery image 78768
Gallery image 78769
Gallery image 78770
Gallery image 78771
Gallery image 78772
Gallery image 78773
Gallery image 78774
Gallery image 78775
Gallery image 78776
Gallery image 78777
Gallery image 78778
Gallery image 78779
Gallery image 78780
Gallery image 78781
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
20 Yan 2026
16:55

Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovnalar tomonidan tumanimizdagi “Navro`z” nomli 11-DMTT da bolalar ovqatlanishi sifati va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan jamoatchilik nazorati o‘tkazildi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishga oid qarori ijrosi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sharoitlar, mahsulotlar sifatini nazorat qilish tizimi hamda oshxona jihozlarining holatini o‘rgandi. O‘rganishlar davomida bog‘chada sanitariya talablariga to‘liq rioya etilayotgani, mahsulotlarni saqlash va taqdim etish qoidalariga amal qilinayotgani, menyularda ozuqa moddalari miqdorining me’yordaligi aniqlandi. Shuningdek deputatlar kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishib mutasaddilarga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berdi. Tadbir yakunida deputatlar tomonidan bolalar sog‘lom rivojlanishi uchun har bir bog‘chada taom sifati, oziq-ovqat xavfsizligi va oshpazlar malakasi doimiy nazoratda bo‘lishi lozim aytildi.