Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 78721
Gallery image 78722
Gallery image 78723
Gallery image 78724
Gallery image 78725
Gallery image 78726
Gallery image 78727
Gallery image 78728
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
20 Yan 2026
15:31

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida shahar Kengashi raisi va deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, OAV vakillari hamda jamoatchilik ishtirok etdi.

Kun tartibidan shahar prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasining 2025-yil davomida hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi. Shuningdek, shahar adliya bo‘limining huquqni qo‘llash amaliyoti, Xalq deputatlari shahar Kengashi va doimiy komissiyalarining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalari, shahar byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish hamda avval qabul qilingan ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.