Barcha yangiliklar
Maʼnaviyat karvoni
Gallery image 78698
Gallery image 78699
Gallery image 78700
Gallery image 78701
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
20 Yan 2026
14:27

Maʼnaviyat karvoni

Qibray tumani Qurilish mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etilgan “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mahalla fuqarolariga davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmuni hamda ularning aholi hayotidagi ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Uchrasuv davomida Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimi, tumani hokimi o‘rinbosari hamda tuman deputati fuqarolarning turli sohalardagi murojaatlarini tegishli tashkilot mas’ullari ishtirokida muhokama qilib, fuqarolarning og‘irini yengil qilish mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.