Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyatida seminar o‘tkazildi.
Gallery image 7795
Gallery image 7796
Gallery image 7797
Gallery image 7798
Gallery image 7799
Gallery image 7800
Gallery image 7801
Gallery image 7802
Gallery image 7803
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
06 Apr 2024
11:10

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyatida seminar o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyatida seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-28-sonli Farmoniga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan tushuncha va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar doirasida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da belgilangan loyihalar va chora-tadbirlarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi borasida mas’ullar bilan birgalikda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tuman hududi bo‘yicha belgilangan loyihalar va chora-tadbirlarni bajarish hamda ular ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida, tasdiqlangan reja ijrosini tashkil etish masalalari kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati.