Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Gallery image 78584
Gallery image 78585
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
18 Yan 2026
09:38

Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔹Joriy yilning 16-yanvar kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Kun tartibida "Toshkent suv taʼminoti" MCHJ tuman filiali rahbari J.Ermetovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktyabrdagi "Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-343-son qarorining 2025-yil yakuni bilan ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi. 

Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qaror qabul qilindi.