Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 78573
Gallery image 78574
Gallery image 78575
Gallery image 78576
Gallery image 78577
Gallery image 78578
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
20 Yan 2026
09:07

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTAT FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan “Oltinvoha” va “Sherobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan saylovchilar murojaatlari bilan ishlash, mahalla hududida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Xususan, aholini qiynab kelayotgan masalalar joyiga chiqib o‘rganilgani, tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilgani hamda ayrim muammolar ijobiy hal etilgani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, kelgusida ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.