Barcha yangiliklar
Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari ishtirokida strategik vazifalar muxokamasi
Gallery image 78489
Gallery image 78490
Gallery image 78491
Gallery image 78492
Gallery image 78493
Gallery image 78494
Gallery image 78495
Gallery image 78496
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
19 Yan 2026
16:19

Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari ishtirokida strategik vazifalar muxokamasi

 Bugun, xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashida tuman Kengashi deputatlari va axoli vakillari ishtirokida “O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati” mavzusida muhokama yig`ilishi bo`lib o`tdi. Tadbirda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar, Strategiyada belgilanayotgan ustuvor yo`nalishlar, xususan, iqtisodiy
taraqqiyotni jadallashtirish, aholi turmush darajasini oshirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, mahalliy boshqaruv organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari atroflicha ko`rib chiqildi.
Yig`ilish davomida tuman ma`naviyat va ma`rifat markazi tuman bo`limi boshlig`i va deputatlar tomonidan strategiyaning mazmun-mohiyati, uning hududlar kesimida amalga oshirilishi, jumladan, Jalaquduq
tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta`minlashda tutgan o`rni va ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Strategiya doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mahalliy Kengash deputatlarining mas`uliyati va faol ishtirokini kuchaytirish zarurligi ta`kidlandi.