Barcha yangiliklar











DJANIBEKOV AZIZBEK URMANOVICH
19 Yan 2026
15:03
Prezident Murojaatnomasi — mahallalarda
Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Q.Bobojonov, tumanning hokimi o‘rinbosari Z.Tursunov hamda Adliya bo‘limi boshlig‘i U.Boltayev ishtirok etdi. Ular Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar, islohotlar yo‘nalishlari va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim masalalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdi.
Ochiq muloqot va savol-javoblar shaklida o‘tgan tadbir aholining davlat siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.