Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 78341
Gallery image 78342
Gallery image 78343
Gallery image 78344
Gallery image 78345
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
17 Yan 2026
14:02

DEPUTAT NAZORATI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna tashabbusi bilan Oltinsoy tumani hududida joylashgan ijtimoiy soha muassasalarida issiqlik ta’minoti tizimlarining holatini
o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirildi.
 

Mazkur o‘rganish ishlari davomida tumandagi 14- va 61-sonli umumta’lim maktablarida mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarining texnik holati atroflicha o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etildi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati