Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 78335
Gallery image 78336
Gallery image 78337
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
17 Yan 2026
13:24

DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mordonova Munira Jabborovna tashabbusi bilan Oltinsoy tumani hududida joylashgan ijtimoiy soha muassasalarida issiqlik ta’minoti tizimlarining holatini o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirildi. 

Mazkur o‘rganish ishlari davomida tumandagi 7-sonli umumta’lim maktabida mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarining texnik holati atroflicha o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etildi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati