Barcha yangiliklar
Tuman hududini rivojlantirish dasturlarining bajarilishi yuzasidan nazorat amalga oshirildi
Gallery image 78305
Gallery image 78306
Gallery image 78307
Gallery image 78308
Gallery image 78309
Gallery image 78310
Gallery image 78311
Gallery image 78312
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
17 Yan 2026
12:24

Tuman hududini rivojlantirish dasturlarining bajarilishi yuzasidan nazorat amalga oshirildi

Muzrabot tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi - Abdulla Mamatqulov va tuman Kengashi deputati D.Sherboyevlar tumanda olib borilayotgan bir qator qurilish obyektlaridagi ishlar holati bilan tanishdilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–141-son qarori ijrosi doirasida Madaniyat mahallasida toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha bajarilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq “Madaniyat” mahallasida jami 11,8 kilometr asosiy va ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari belgilangan bo‘lib, tuman hokimi qurilish ishlarini olib borayotgan tashkilot rahbariga ishlarni belgilangan texnik talablar va sifat standartlariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirish yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.