Barcha yangiliklar
MUROJAATLAR VA IJRO MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV
Gallery image 78288
Gallery image 78289
Gallery image 78290
Gallery image 78291
Gallery image 78292
Gallery image 78293
Gallery image 78294
Gallery image 78295
Gallery image 78296
Gallery image 78297
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
17 Yan 2026
11:46

MUROJAATLAR VA IJRO MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV

Oltinsoy tumanining tumandan olis, tog‘li hududida joylashgan “Xujaipok” mahallasi Pashur va Fangat qishloqlarida xalq deputatlari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi. 

Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari Karimova Bibixol Hayrullaevna hamda Oripov Ashur ishtirok etdilar. 

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Bildirilgan murojaatlar bo‘yicha tegishli mas’ul korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborish, shuningdek, ularning ijrosini doimiy nazoratga olish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Shuningdek, deputatlar hududdagi umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasi, mavjud shart-sharoitlar hamda o‘quv jarayonining borishi bilan tanishib, darslarning sifatli tashkil etilishi yuzasidan nazorat ishlarini olib bordilar.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati