Barcha yangiliklar
Deputatlar mahalla yettiligi hisobotini eshitdi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 78083
Gallery image 78084
Gallery image 78085
Gallery image 78086
Gallery image 78087
Gallery image 78088
Gallery image 78089
ZOIROV BAHRIDDIN TO‘RABEK O‘G‘LI
16 Yan 2026
11:25

Deputatlar mahalla yettiligi hisobotini eshitdi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Oltinsoy tumanida “Shakarqamish” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi hisoboti eshitildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur tadbir tashkil etildi.

Hisobot yig‘ilishida xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A.Oripov, xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A.Turdiyev hamda tuman Kengashi deputati X. Tavasharovlar ishtirok etdilar.