Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 77991
Gallery image 77992
Gallery image 77993
Gallery image 77994
Gallery image 77995
Gallery image 77996
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
15 Yan 2026
16:38

Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.

 🔰Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati majlislar zalida xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida Xalq deputatlari shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar bo‘yicha” doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Kun tartibida: 

1. Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan 2025 yil davomida hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etilishi omillarini bartaraf etish va korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shaharprokurori M.Mamatovning axborotini eshitish.  

2. Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2025 yil davomida shaharda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati
to‘g‘risida, shuningdek jamoat xavfsizligi yuzasidan Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i J.Sherqulovning hisobotini eshitish.                                              

3. Davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha Jizzax shahar Adliya bo‘limining 2025 yil davomidagi faoliyati yuzasidan shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Rashidovning axborotini eshitish