Barcha yangiliklar











EGAMBERGANOV DANIYOR MADYOR O‘G‘LI
15 Yan 2026
15:07
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Masharipov Izzatbek Masharipovich Gulshan mahallasi saylovchilaridan kelib tushgan murojaatlar asosida joyiga chiqib, muammolarni bevosita o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi hamda ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va samarali yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi yana bir bor amalda namoyon bo‘ldi.