Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan ta’lim sohasidagi murojaat ijobiy hal etildi
Gallery image 77862
Gallery image 77863
Gallery image 77864
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
15 Yan 2026
10:30

Deputat tomonidan ta’lim sohasidagi murojaat ijobiy hal etildi

Fuqaroning ta’lim sohasiga oid murojaati xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Kamola Gulyamova tomonidan atroflicha o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi. Murojaatda ko‘tarilgan muammolar qonunchilik talablari va amaldagi tartiblar asosida bartaraf etilib, fuqaroga zarur tushuntirishlar berildi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida murojaat ijobiy yechim topdi. Fuqaro tomonidan deputatning e’tibori, tezkorligi va masalaga mas’uliyat bilan yondashgani uchun minnatdorchilik bildirildi. Deputat tomonidan fuqarolarning ta’lim sohasidagi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish doimiy nazoratda ekanligi ta’kidlandi.