Barcha yangiliklar
“INNOVATSIYALAR VA STARTAPLAR” XALQ XIZMATIDA
Gallery image 77849
Gallery image 77850
Gallery image 77851
Gallery image 77852
Gallery image 77853
Gallery image 77854
Gallery image 77855
Gallery image 77856
Gallery image 77857
Gallery image 77858
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
14 Yan 2026
17:56

“INNOVATSIYALAR VA STARTAPLAR” XALQ XIZMATIDA

 Oltinsoy tumani Ipoq mahallasida joylashgan “Innovatsiyalar va startaplar” parki bir necha yillardan buyon tumanimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda. 

Mazkur maskan tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar va turli imtiyozlar yaratib, startap loyihalarni hayotga
tatbiq etishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
 

Park hududida o‘z startap loyihalarini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar aholi uchun keng ko‘lamli mahsulotlar
savdosini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar asosida yangi ishlanmalarni yaratishni maqsad qilgan.
 

Tuman hokimi Otabek Mavlyanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Turdiyevlar park faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlar bilan uchrashdi. Muloqot davomida ularning faoliyatida uchrayotgan muammo va
takliflar tinglanib, masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati