Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 77732
Gallery image 77733
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
14 Yan 2026
14:49

CHINOZ TUMANI. MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI HOLATI O‘RGANILDI

⚡️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Laziza Sobirjonova tomonidan tumandagi "Ahillik" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim S.Egamberdiyeva tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi holati tahlil qilindi.

✨Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlarining amaldagi holati tahlil qilindi. O‘rganish davomida aholining murojaatlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

💫Mazkur o‘rganish ishlari aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.