Barcha yangiliklar
Deputat mahalla yettiligi hisobotini eshitdi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 77686
Gallery image 77687
Gallery image 77688
Gallery image 77689
Gallery image 77690
Gallery image 77691
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
14 Yan 2026
13:58

Deputat mahalla yettiligi hisobotini eshitdi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

 Oltinsoy tumani “Xidirsho” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi hisoboti eshitildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur tadbir tashkil etildi. 

Hisobot yig‘ilishida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Yu.Qurbaniyazov ishtirok etdilar. 

Shuningdek, tadbir doirasida deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi ham o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

Bildirilgan murojaatlar bo‘yicha tegishli mas’ul korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati