Barcha yangiliklar
MAHALLA YETTILIGINING AHOLIGA MUROJAATI ESHITILDI.
Gallery image 77624
Gallery image 77625
Gallery image 77626
Gallery image 77627
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
14 Yan 2026
09:15

MAHALLA YETTILIGINING AHOLIGA MUROJAATI ESHITILDI.

Jizzax shahar “Amir Temur" mahallasida "mahalla yettiligi"ning 2026-yil uchun yillik dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida fuqarolar mahalla hayotiga oid muhim yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil maʼlumotlarga ega bo‘lishdi. 

O‘tgan yil davomida mahallada bajarilgan ishlar sarhisob qilinib, ijtimoiy, infratuzilmaviy va bandlikka oid yo‘nalishlardagi natijalar bo‘yicha axborot berildi.

Ushbu yig‘ilishda Jizzax viloyati Kengashi deputati H.Boboyeva va Jizzax shahar Kengashi deputati D.Saidovalar ham ishtirok etishdi. Tadbir davomida deputatlar tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.