Barcha yangiliklar
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
Gallery image 77581
JUMANIYAZOV XAZRAT RAXMONOVICH
13 Yan 2026
16:47

Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar rivojida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi.Qayd etilishicha, ushbu mamlakat imperatori, bosh vaziri, parlamentning ikkala palatasi rahbariyati, hukumat a’zolari, shuningdek,ishbilarmon doiralar va akademik hamjamiyat vakillari bilan o‘tkazilgan muzokara va uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik an’anaviy format doirasidan chiqib, uzoq muddatli strategik o‘lchov kasb etganini yaqqol namoyon etdi.Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar asosan gumanitar hamkorlik va texnik ko‘mak loyihalariga tayangan edi. Bugun esa O‘zbekiston Prezidentining pragmatik va izchil siyosati natijasida ikki tomonlama kun tartibi qayta shakllantirilib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini qamrab oldi.Deputat sifatida, yangi O'zbekistonda olib borilayotgan isloxatlar bilan faxrlanaman xamda g'ururlanaman.