Barcha yangiliklar
Andijon mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo'yicha takliflar deputatlari tomonidan joyida o'rganildi.
Gallery image 77576
Gallery image 77577
Gallery image 77578
Gallery image 77579
Gallery image 77580
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
13 Yan 2026
16:48

Andijon mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo'yicha takliflar deputatlari tomonidan joyida o'rganildi.

 Andijon mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo'yicha takliflar deputatlari tomonidan joyida o'rganildi. 

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi 20-Istiqlol saylov okrugi deputati X.Suvonov boshchiligida Andijon mahallasida sayyor o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Unda mahalliy budjet va ichki imkoniyatlar hisobidan mahallani obodonlashtirish hamda aholi uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratish ustuvor vazifa etib belgilandi. 

Ichki yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, bolalar o‘yin maydonchalarini tashkil etish, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash hamda boshqa infratuzilmalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar joyida ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, o‘rganish jarayonida mahalla aholisi bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. 

✍️ Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.