Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 77398
Gallery image 77399
Gallery image 77400
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
12 Yan 2026
16:32

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Gulsara Rizayeva o‘z saylov okrugida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahallada mavjud dolzarb masalalar muhokama qilinib, fuqarolar tomonidan bir qator muammolar ko‘tarildi.

Xususan, U. Yusupov mahallasining “Sug‘diyona” hamda “Registon” ko‘chalarida ichimlik suvi tarmog‘idan foydalanish holati va “Yoshlar orzusi” ko‘chasini shag‘allantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat mahalla profilaktika inspektori bilan birgalikda chetdan kelgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga jalb etish hamda boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdi.