Barcha yangiliklar
Murojaatnomaning mohiyatini o‘rganishga qaratilgan tadbirlar tuman bo‘ylab davom etmoqda
Gallery image 77366
Gallery image 77367
Gallery image 77368
Gallery image 77369
Gallery image 77370
Gallery image 77371
Gallery image 77372
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
12 Yan 2026
15:03

Murojaatnomaning mohiyatini o‘rganishga qaratilgan tadbirlar tuman bo‘ylab davom etmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga saylangan deputatlar tomonidan saylangan hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini fuqarolarga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Unda ilgari surilgan ustuvor vazifalar chuqur o‘rganilmoqda. 

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari Ramazonov Muzaffar va Jumayeva Sbetlanalar “Darband”, “Yo‘lchi”, “Fidokor” “Buyuk ipak yo‘li ‘” mahallalarida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.  

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga taqdim etgan
Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, so‘nggi yillarda erishilgan natijalar hamda kelgusidagi asosiy yo‘nalishlarning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha tushuntirib berildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning joylarda samarali ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.