Barcha yangiliklar
#DEPUTAT_UCHRASHUVI
Gallery image 77270
Gallery image 77271
Gallery image 77272
Gallery image 77273
Gallery image 77274
Gallery image 77275
Gallery image 77276
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
10 Yan 2026
16:40

#DEPUTAT_UCHRASHUVI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Qarshiev Muzaffar Mirzaxmadovich tomonidan “Jobu” va “Nurofshon” mahallalarida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda mahalla yettiligi, xotin-qizlar faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. 

Uchrashuv davomida umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash, o‘quvchilarning tartib-intizomini ta’minlashda ota-onalarning mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mahallalarda mavjud bir qator ijtimoiy masalalarni hal etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar bildirildi
hamda ayrim masalalar joyida hal etildi.
 

Maktablarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishuvga erishildi. Bolalar sportini rivojlantirish maqsadida mahalla dasturini ishlab chiqish, mahallalarni
obodonlashtirish hamda "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" doirasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha rejalar belgilab olindi.
 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari kiritishga kelishib olindi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati