Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK_SO‘ROVI_NATIJALARI
Gallery image 77188
Gallery image 77189
Gallery image 77190
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
09 Yan 2026
19:19

DEPUTATLIK_SO‘ROVI_NATIJALARI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Egamberdiyev Abror Ergashovich tomonidan Oltinsoy tumani “Sayrak” mahallasi hududidagi katta yo‘l chorrahasiga svetofor o‘rnatish masalasida Oltinsoy tuman Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Ergashov Begzod Mengboevich nomiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 

Mazkur deputatlik so‘rovi asosida mas’ul mutaxassislar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, mazkur yo‘l chorrahasiga belgilangan tartibda svetofor o‘rnatildi. 

Amalga oshirilgan ushbu chora-tadbirlar yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, shuningdek, o‘quvchilar va piyodalarning harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati